Sport

Futbol yulduzlariga o‘rnatilgan haykallar

Ular orasida o‘g‘irlab ketilgan yodgorliklar ham bor.

Futbol yulduzlariga o‘rnatilgan haykallar

 

Toni Kroosga o‘xshaydigan Serxio Agueroning haykali

 

«Manchester Siti» ning sobiq futbolchisi Serxio Agueroga “Etihad” stadioni oldiga yodgorlik o‘rnatilgan. Ammo ustalar portret o‘xshashligiga erisha olishmagan. «Real Madrid» futbolchisi Toni Kroos ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yodgorlik ko‘proq unga o‘xshashligini hazil qilgan.

 

Madeyra aeroportida Krishtianu Ronalduning byusti

 

Ronalduning Madeyra aeroportidagi afsonaviy byusti nafaqat internetdagi memga, balki orolning haqiqiy diqqatga sazovor joyiga aylanib ulgurgan. 2018 yilda mem haykali qaytadan taʼmirlangan.

 

Los-Anjelesdagi Devid Bekxemning haykali

 

2019 yilda Angliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Devid Bekxemning Los-Anjelesdagi Stubhub markazida haykali o‘rnatildi. Unda Devidning soch turmagi juda aniq tasvirlangan, ammo haykalning yuzida kamchiliklar bor. Ushbu yodgorlik o‘rnatilganda Bekxem 30 yoshda edi.

 

Muxlislar “eʼtirofi”

 

“Fiorentina” muxlislari o‘z pullariga Gabriyel Batistutaga haykal o‘rnatishgan. Futbolchining bu yodgorligi noyon tarzda ishlangan. Ishqibozlar haykalni uzoq vaqt saqlab qolishmadi. Gabriyel Rim klubiga o‘tganidan so‘ng, yodgorlik o‘g‘irlab ketilgan.

 

7 metrlik Karlos Valderramaning haykali

 

O‘zining tug‘ilib o‘sgan Santa-Marta shahrida Valderramaning 7 metrlik yodgorligi o‘rnatilgan. Bu haykal orqali mashhur futbolchini aniq tanib olishingiz mumkin. U juda mahorat bilan ishlangan.

 

Maradonaning bronza haykali

 

Dunyo bo‘ylab Maradonaga ko‘plab yodgorliklar o‘rnatilgan. Bulardan biri 2017 yilda Hindistonning Kalkutta shahrida futbolchining bronza figurasi paydo bo‘ldi. Nomutanosib va xunuk haykal darhol memga aylanib ulgurgan.

 

San-Pauludagi Pele byusti

 

«Atletiko Yuventus» stadioni oldida Pelening futuristik byusti bor. Maʼlumotlarga ko‘ra, afsonaviy futbolchi 1959 yilda aynan shu yerda o‘zining eng yorqin o‘yinlarini o‘tkazgan.

 

 

Futbol yulduzlariga o‘rnatilgan haykallar | Zamon.uz