Vladimir Klichko boksga qaytmoqchi
U Jorj Formanning rekordini yangilash niyatida.

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko 45 yoshida jahon chempioni bo‘lgan afsonaviy sobiq chempion, amerikalik Jorj Formanning rekordini yangilash uchun boksga qaytmoqchi ekanligini aytdi. Bu haqda Vladimir “TalkTV” telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.
«Tayson Fyurining, so‘nggi jangdan keyin qanday qarorga kelishini kutdim. Ammo men u bilan bahs olib bormoqchi emasman. Chunki, endi hozirda rejalarim boshqa», — dedi Klichko.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Klichko faoliyati davomida 69 ta jang o‘tkazib, 64 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U WBO, IBF, IBO va WBA chempionlik kamarlariga ega chiqqan. Klichko 2017 yilda britaniyalik bokschi Entoni Joshuaga nokaut evaziga yutqazib, faoliyatini yakunlagan edi.







