Di Mariya “Yuventus” bilan shartnoma tuzishga yaqin
Futbolchiga 7 million yevrolik maosh taklif qilishmoqda.

“PSJ” yarim himoyachisi Anxel Di Mariya mavsum oxirida “Yuventus”ga deyarli tekinga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Shiraning xabar berishicha, 34 yoshli argentinalik futbolchi Turin klubi bilan yiliga 7 million yevro maosh bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida shartnomani bir mavsumga uzaytirish variantini kiritish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.







