“Manchester Yunayted” yozda 140 million yevrodan ko‘proq pul sarflashga tayyor
Klub Entoni, Timber va de Yongga qiziqish bildirmoqda.

Erik ten Xag va uning yordamchilari “Manchester Yunayted”da transfer oynasiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
“De Telegraaf” nashrining xabariga ko‘ra, klub yozda transferlar uchun 140 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashga tayyor.
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi qiziqish bildirayotgan futbolchilar orasida “Ayaks”dan Juriyen Timber va Entoni, shuningdek, “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong bor.
Maʼlumot uchun: Ten Xag APLning so‘nggi turida “Manchester Yunayted” va “Kristal Pelas” o‘rtasidagi o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda.







