Genrix Mxitaryan “Inter”ga o‘tishi mumkin
Shuningdek futbolchiga ingliz klublari ham qiziqmoqda.

“Roma”ning armanistonlik yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan yozgi transfer oynasida “Inter”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Calciomercato” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Inter” Mxitaryanni tekinga sotib olmoqchi, chunki futbolchining “Roma” bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Hozirda unga Angliyaning “Tottenhem” va «Aston Villa» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq OAVda “Roma” Mxitaryan bilan shartnomani bir yilga uzaytirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Chunki jamoa bosh murabbiyi yarim himoyachini klubning asosiy o‘yinchilaridan biri deb biladi.
Eslatib o‘[tamiz, 2021/2022 yilgi mavsumda Genrix Mxitaryan “Roma” safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portali Mxitaryanning narxini 10 million yevroga baholagan.







