U-17 Osiyo kubogining saralash bosqichiga qurʼa tashlandi
O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy oldi.

2023 yilda Bahraynda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasining saralash bosqichiga qurʼa tashlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi “J” guruhida Janubiy Koreya, Bruney va Shri Lankaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvlar 5, 7 va 9 oktyabr sanalarida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Maʼlumot uchun, 17 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogining hal qiluvchi bosqichi 2023 yilning may oyida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada yarimfinalga yetib borgan 4 jamoa 2023 yilda Peruda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.







