UEFA Chempionlar ligasi final to‘pini taqdim etdi
Unda rus va ingliz tillarida “tinchlik” so‘zi yozilgan.

UEFA Chempionlar ligasi finali doirasidagi “Real” – “Liverpul” uchrashuvida foydalaniladigan to‘pni taqdim etdi. To‘pda rus va ingliz
tillarida yozilgan “tinchlik” so‘zi bor.
28 may, Fransiya poytaxti Parij shahridagi “Stad de Frans” stadionida “Real” va “Liverpul” o‘rtasidagi 2021/2022 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi final o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Chempionlar ligasining final o‘yini Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, final o‘yini o‘tkaziladigan joy Ukrainadagi voqealar boshlanganidan keyin ko‘chirildi.







