Sport

Qatar amiri «PSJ»ni Zidan boshqarishini istayapti

Hozircha «Real»ning sobiq ustozi bilan kelishuvga erishilmagan.

Qatar amiri «PSJ»ni Zidan boshqarishini istayapti

 

Jurnalist Fabris Xokinsning so‘zlariga ko‘ra, Tamim bin Hamad Al Tani hozirda ishsiz bo‘lib turgan Zidanni Parij klubida ko‘rmoqchi.

 

Biroq hozircha «Real»ning sobiq ustozi bilan kelishuvga erishilmadi.

 

Bundan tashqari, klubda Zidan va bo‘lajak sport direktori Luish Kampush birga ishlay olishlariga shubha bor.

 

Avvalroq hozirgi murabbiy Maurisio Pochettino «PSJ»ni boshqarishda davom etishi mumkinligi xabar qilingandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"