Sport

“Barselona” hamon muammolar qurshovida

Kataloniyaliklar qarzlaridan qanday qutulish yo‘llarini izlamoqda.

“Barselona” hamon muammolar qurshovida

 

28-may kuni “Real Madrid” klubi Yevropa chempionlar ligasida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa qirollik klubi o‘z tarixida 14-bor musobaqa chempioniga aylandi. Bundan tashqari, madridliklar bu mavsumda Ispaniya chempionatida ham birinchi o‘rin sohibiga aylandi.

 

“Real Madrid”ning azaliy raqibi “Barselona” esa chempionlar ligasida ko‘ngildagidek ishtirok etolmadi. Shuningdek, mamlakat chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Muhim jihati shundaki, ushbu jamoalarning ikkinchi davradagi o‘yinida Kataloniyaliklar 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgandi.

 

Hozirda “Barselona” jamoasida katta moliyaviy islohotlar amalga oshirilmoqda. Mana shu faktor klubning o‘yinlariga ham o‘zining taʼsirini o‘tkazmay qolgani yo‘q.

 

“Barsa”ning moliyaviy ahvoli qanday?

 

Kataloniya klubining moliyaviy holati haligacha og‘irligi aytilmoqda. Yaqinda klub prezidenti Joan Laporta “Barselona” juda qiyin ahvolda ekanini tan oldi. U buning sababini avvalgi rahbariyatning masʼuliyatsizligi va qobiliyatsizligi deb aytdi:

 

“Dunyoning eng yaxshi klublaridan birini boshqarish, barchasi mukammal bo‘ladi degani emas, axir.  Baʼzida jamoa qiyinchiliklarga ham duch kelishi mumkin. Ammo ajoyib klubimizning oldingi rahbarlari uning istiqboli haqida o‘ylamagan. Hozirda biz ulardan meros bo‘lib qolgan tartibsizliklarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz”.

 

Aslida, Laporta “Barsa”ning qarzini hozirgacha unchalik qisqartirishga ulgurgani yo‘q. Klubning umumiy qarzi 1,3 milliard yevro atrofida ekani aytilmoqda. Xosep Bartomeu bu qarzni qoplash yo‘llarini izlamagan va bu yana-da ortib boravergan. Laporta “Barsa”ning moliyaviy holatini tiklash bo‘yicha aniq rejasi borligini maʼlum qildi. Xavi bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnoma mana shu rejalar ichiga kirib ketadi. Laporta bu ideal g‘oya ekanligini aytdi. Chunki u klub falsafasini to‘liq tushunadi va kamchilikni hal etish borasida jonbozlik ko‘rsata oladi. Shuningdek, Xavi yosh futbolchilar orasida yaxshigina obro‘ga ham ega.

 

Homiyning o‘zgarishi

 

“Barselona” homiysi “Rakuten” bilan shartnoma tugagani bois, u bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Shundan so‘ng “Barsa”ga Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalaridan bir qator takliflar kelib tushdi. Ammo “Barselona” “Spotify” kompaniyasini tanladi.

Shvetsiyaning striming xizmati bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, “Barsa” yiliga 75 million yevro pul ishlab oladi. Buning evaziga klub titul homiysi o‘rniga kompaniya logotipini joylashtiradi va stadion nomini “Spotify Camp Nou”ga o‘zgartiradi.

 

Futbolchilarning maoshidagi chegara

 

Yaqinda “AS” nashri La Liga klublarining maosh chegarasi haqida maʼlumotni eʼlon qildi. Kutilganidek, “Real Madrid” ushbu reytingning eng yuqori pog‘onasiga joylashdi. Klubning maosh uchun sarflanadigan puli 739 million yevro ekani maʼlum bo‘ldi. 

 

“Barselona”da esa bu ko‘rsatkich 144 million yevroligi aytildi. Oxirgi o‘rinni «Levante» klubi 33 million yevro bilan band etdi.

Barselona katta qarzlar tufayli ushbu ro‘yxatning quyi pog‘onalaridan joy oldi. Agar bir yil oldin “Barsa”ning aksariyat o‘yinchilari maoshlarini kamaytirishga qaror qilmaganlarida, klubning bu ko‘rsatkichi bundan ham past bo‘lishi mumkin edi. Jamoa oldida qarzlardan qutilish uchun yana bir variant bor. Bu investorlarni izlash va o‘yinchilarni sotish bilan bog‘liq.

 

Messi haqida mish-mishlar yuribdi

 

Fransiyaning “PSJ” klubiga o‘tgan «Barsa»ning sobiq futbolchisi Lionel Messi yana Kataloniyaga qaytishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bunga Parij klubining Chempionlar ligasini tark etgani sabab qilingan. Messining o‘zi esa hech qayerga ketmasligi va Fransiyada qolishini maʼlum qildi. Hujumchining Parij klubi bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. Agar “Barsa” uni sotib oladigan bo‘lsa, taxminiy xarajat sarf etishi mumkin bo‘ladi.  Noyabr oyida “PSJ” prezidenti Messini sotsa, uning narxi 200 million yevrodan kam bo‘lmasligini aytdi. Transfermarkt esa hujumchini 60 million yevroga baholagan. Hozirda Messi har mavsum uchun Parij jamoasidan 30 million yevro maosh olmoqda. Kataloniyaliklar futbolchi uchun bu miqdordagi pulni to‘lash imkoniyatiga ega emas.

 

“Barselona” qaysi futbolchilar bilan shartnoma imzolashi mumkin?

 

Futbolchilarni sotib olish klubning transfer budjeti va ish haqi chegarasiga bog‘liq. Yozda “Barsa” yangi moliyaviy imkoniyatlarni joriy qilib (qo‘shimcha investorlar tufayli) qarzlarning maʼlum miqdorini qoplashni rejalashtirgan.

 

Yaqinda klub Erling Holand bilan shartnoma tuzishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Biroq u “Manchester Siti” futbolchisiga aylanib ulgurdi. Bundan tashqari, Kataloniyaliklar “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini sotib olish bo‘yicha ham muzokara o‘tkazmoqda. Biroq futbolchining jamoaga o‘tishi hali aniq emas. Buni vaqt ko‘rsatadi. Klub prezidenti undan hali ham umidini uzmagan chog‘i, bundan boshqa bironta transfer borasida gapirgani yo‘q. “Barsa” hozirda o‘z akademiyasidan chiqqan yosh futbolchilarga ishonmoqda. Qolaversa, Laportaning o‘zi ham bu borada shunday dedi:

 

“Biz yosh futbolchilarimizga ishonamiz. Bir-ikki yil ichida vaziyat yaxshilansa, dunyoning eng yaxshi futbolchilarini ham olib kelamiz. Keyin ular shu vaqt ichida jahon yulduzlari darajasiga ko‘tariladigan akademiyamizning yaxshi futbolchilari bilan o‘ynaydi. Shunday so‘ng, “Barselona” yana dunyoning eng yaxshi jamoasi bo‘ladi”.

 

“Barselona” muhlislari klubning  ayni paytdagi muammolardan qutulib, yana chempionlik poygalariga qaytishiga ishonadi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Barselona” hamon muammolar qurshovida | Zamon.uz