Maksim Shaskix “Paxtakor”da sport direktori sifatida ish boshladi
U klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Kiyevning “Dinamo” va O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ajoyib faoliyati orqali ko‘plab muxlislar mehrini qozongan, Yevropa maydonlarida yurtimiz nomini tanitgan Maksim Shaskix “Paxtakor” sport direktori sifatida ishga kirishdi. Klub va Shaskix o‘rtasida bitimga imzo chekildi.
Faoliyati davomida Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo‘l ostida “Dinamo” Kiyevda o‘ynagan Shaskix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o‘zlashtirgan. U klubga akademiyadan asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o‘tishiga yordamlashadi.







