Milner Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi
U mamlakatda yoshlar o‘rtasida sportni targ‘ib qilish maqsadida xayriya jamg‘armasi tashkil etgan.

“Liverpul” yarim himoyachisi Jeyms Milner futbol va xayriya ishlariga ko‘rsatgan xizmatlari uchun Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi. U uzoq professional faoliyati va Buyuk Britaniyada yoshlar o‘rtasida sportni targ‘ib qilish maqsadida xayriya jamg‘armasini tashkil etgani uchun mukofotlangan.
Milner “Liverpul”ga 2015 yilda tekin transfer evaziga kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Angliyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Milner "Manchester Siti", "Aston Villa", “Nyukasl”, “Lids” va “Suindon” klublarida ham to‘p surgan.







