Ryudiger “Real” bilan shartnomа imzoladi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Chelsi” futbolchisi Antonio Ryudiger “Real Madrid” bilan 4 yillik shartnomа imzoladi. Bu haqda Madrid klubi rasmiy xabar berdi. Madrid klubi markaziy himoyachi bilan transfer borasida kelishuvga erishganini maʼlum qildi. Futbolchi 4 yillik shartnoma imzoladi. “Chelsi” ham Ryudigerning “Real”ga o‘tishini tasdiqladi.
Nemis futbolchisi Madridga tekinga o‘tadi. Uning “Chelsi” bilan shartnomasi yakunlandi. Himoyachi London klubida 2017 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. U klub safida 203 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.







