Sport

Jismoniy holatni qanday qilib to‘g‘ri saqlasa bo‘ladi?

Ronaldu buning yo‘lini juda yaxshi biladi.

Jismoniy holatni qanday qilib to‘g‘ri saqlasa bo‘ladi?

 

Portugaliyalik jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu 37 yoshga to‘lgan bo‘lishiga qaramay, hali ham kuchli jismoniy holati bilan barcha ishqibozlarni hayratga solmoqda. Xo‘sh, futbolchi bunga qanday erishmoqda? Shu haqda bir nechta maʼlumotlarni taqdim etmoqchimiz.

 

Ronaldu kunini qanday tartibda solishni juda yaxshi biladi. Krishtianu sog‘lig‘i va sportdagi faoliyati uchun juda ko‘p miqdorda pul sarflaydi. Biroq futbolchi bu borada qancha so‘mma sarflashi maʼlum emas. Ronaldu doim harakatda. U bir kunda har xil mashqlar qiladi, velosipedda sayrga chiqadi. Hamda mushaklarning chidamliligini oshirish uchun har xil mashg‘ulotlar olib boradi.

 

Agar tiklanish vositalari bo‘lmaganida, Krishtianu 37 yoshida bunday muvaffaqiyatli futbolchi bo‘lishi qiyin edi. Pilates — mushaklarni cho‘zish va bo‘g‘inlarni mustahkamlaydi. Bu tanani reabilitatsiya qilishga yordam beradi.

 

Bir mashqdan keyin ikkinchisiga o‘tishda yuqori intensiv mashg‘ulotlar juda mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Biroq bu juda samarali usul. Kompleks sakrash, sprint, surish kabi mashqlarni o‘z ichiga oladi. Portugaliyalik yulduz kuniga 5 mahal ovqatlanadi. Bu nonushta, ikkita tushlik va ikkita kechki ovqat. Biroq futbolchi bu vaqtda ortiqcha ovqat isteʼmol qilmaslikka harakat qiladi.

 

Hujumchi kuniga 8 soatlik uyquni afzal ko‘radi. Uning fikricha uyqu salomatlik garovi. Krishtianu kun davomida ham uxlashi mumkin. Ronaldu umuman spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmaydi. Bunday ichimliklar tanaga yomon taʼsir qiladi.

 

Qiyin mashg‘ulotlardan so‘ng Krishtianu muzli suvda dam olishni yaxshi ko‘radi. Bu charchoqni bartaraf etishga va tanani qayta ishga tushirishga yordam beradi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jismoniy holatni qanday qilib to‘g‘ri saqlasa bo‘ladi? | Zamon.uz