Tennischi Nadal Rolan Garros turniri g‘olibi bo‘ldi
Bu uning musobaqadagi 14-g‘alabasi hisoblanadi.

Rafael Nadal Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan Rolan Garros musobaqasida g‘olib bo‘ldi. Ispaniyalik tennischi finalda norvegiyalik Kasper Vuudni 6:3; 6:3; 6;0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Bu Rafael Nadal faoliyatida Rolan Garros musobaqasidagi 14-g‘alaba hisoblanadi. Avvalroq Nadal Jokovichni mag‘lub etib, Rolan Garros yarim finaliga chiqqandi.








