Sport

“Liverpul” 36 yoshli Milner bilan shartnomani uzaytirdi

Kelishuv keyingi yil yakuniga qadar tuzilgan.

“Liverpul” 36 yoshli Milner bilan shartnomani uzaytirdi

 

 

36 yoshli ingliz yarim himoyachisi Jeyms Milner “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirdi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Bu haqda “mersisaydliklar” matbuot xizmati xabar berdi.

 

Milner avvalroq uzoq professional faoliyati va Buyuk Britaniyada yoshlarni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish maqsadida xayriya jamg‘armasini tashkil etgani uchun mukofotlangan.

 

Futbolchi “Liverpul” klubiga 2015 yilda tekin transfer evaziga kelib qo‘shilgan edi. O‘shandan beri u jamoa safida 289 ta o‘yinda maydonga tushgan. 2021/2022 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

 

“Liverpul” 36 yoshli Milner bilan shartnomani uzaytirdi | Zamon.uz