“Real”dan “bomba” transfer kutilmoqda
Madridliklar Mbappe va Holandni o‘rnini bosadigan futbolchi topdi.

Madridning “Real” klubi «Manchester Siti» hujumchisi Gabriyel Jezusga qiziqish bildirmoqda. “Qaymoqranglilar” Kilian Mbappe va Erling Holandni qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng braziliyalik futbolchiga eʼtibor qaratmoqda.
25 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 41 o‘yinda 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jezusning «Manchester Siti» bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida yakuniga etadi.







