Sport

Jahon chempionati oldidan Qatarda Zidanning haykali o‘rnatiladi

U JCH-2006 finaliga bag‘ishlanadi.

Jahon chempionati oldidan Qatarda Zidanning haykali o‘rnatiladi

 

 

JCH-2022 boshlanishidan oldin Qatarda “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanning JCH- 2006 finalida Marko Materatstiga bosh bilan zarba bergan holatiga bag‘ishlab maxsus yodgorlik o‘rnatiladi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

 

Bunday haykal avval Qatarda mavjud bo‘lgan, biroq 2013 yilda mahalliy aholining noroziligi sabab, yodgorlik olib tashlangan. Biroq hozir mamlakat rasmiylari haykal o‘rnini o‘zgartirishni rejalashtirgan.

 

Qatar muzeylari raisi Al Mayassa Al Tani qarorni izohlar ekan, «Jamiyatda evolyutsiya bor. Bu vaqt talab etadi va odamlar avval biror narsani tanqid qiladi, keyin esa tushunadi va ko‘nikadi. Zidanni Qatarda barcha hurmat qiladi», — deya nashr uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

 

 

Jahon chempionati oldidan Qatarda Zidanning haykali o‘rnatiladi | Zamon.uz