Morata Turinda qolishni istamoqda
“Yuventus” futbolchi bilan muzokara o‘tkazmoqda.

“Yuventus” safida erkin agent sifatida o‘ynayotgan hujumchi Alvaro Morata turinliklar safida qolishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Shira o‘zining twitter sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Yuventus” 29 yoshli Morata uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor emas, bu miqdor Alvaroning shartnomasida italiyaliklar uchun sotib olish varianti sifatida ko‘rsatilgan. Turin klubi 15 million yevro va bonuslar berishga tayyor. Tomonlar hozirda muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Morata va “Atletiko” o‘yinchisi hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi kelishuv 2022/2023 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi.







