UEFA Chempionlar ligasining dastlabki taqvimini eʼlon qildi
Musobaqa 6 sentabrdan start oladi.

Unga ko‘ra, guruh bosqich o‘yinlari 6 sentyabrdan start oladi hamda 1-2-noyabrga qadar davom etadi. Musobaqaning pley-off bosqichi uchrashuvlarining 1/8 finali 14-fevral va 15-mart oralig‘ida tashkil etiladi.
Chorak final o‘yinlarining o‘tkazilish vaqti 11-12 aprel va 18-19 aprel kunlariga belgilangan. Yarim final bahslari esa 9-10-may kunlari, javob uchrashuvlari 16-17 may sanalarida o‘tkaziladi. Va nihoyat, musobaqaning final o‘yini 10-iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.







