Bonuchchi va Belotti Italiya terma jamoasini tark etishdi
Roberto Manchini jamoani yoshartirmoqchi.

Himoyachi Leonardo Bonuchchi va hujumchi Andrea Belotti Italiya terma jamoasini tark etishdi. Bu haqda “Sky Sport Italia” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Italiya bosh murabbiyi Roberto Manchini jamoani qayta qurish va yoshartirish jarayonini davom ettirmoqda. Shu bois murabbiy Belotti va Bonuchchini qo‘yib yuborishga qaror qilgan.
Bir kun avval Italiya terma jamoasi Vengriya bilan UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvini o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Iyun oyida Manchini shogirdlari UEFA Millatlar ligasida yana ikkita o‘yin o‘tkazishadi.
Italiya terma jamoasi Angliya (11 iyun) va Germaniya (14 iyun) bilan kuch sinashadi.







