Sport

Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari

Ular orasida kimlar bor?

Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari

 

Hozirgi vaqtda jahon futbolida bir qator yosh isteʼdodli futbolchilar yetishib chiqdi. Hamda ular bugungi kunda o‘z klublarida ajoyib o‘yinlarni ko‘rsatib kelmoqda. Shu vaqtga qadar bu o‘yinchilar bir qator sovrinlarni ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Bugun jahonning eng yosh qimmat futbolchilari haqida so‘z yuritmoqchimiz.

 

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) futbolchilarning taxminiy transfer qiymatini ularning yoshi, amaldagi shartnomasi muddati va boshqa ko‘plab omillarga qarab hisoblab chiqdi. Ushbu futbolchilar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

 

Kilian Mbappe. “PSJ” - 205,6 mln yevro

 

Mbappe yaqinda “PSJ” bilan yangi shartnoma imzoladi va bu uning reytingda yuqori pog‘onaga chiqishiga yordam berdi.

 

Vinisius Junior. “Real” – 185,3 million yevro

 

Vinisius “CIES Football Observatory” reytingida yuqori pog‘onani boshqarmoqda. Biroq Chempionlar ligasidagi g‘oliblik ham unga yetakchilikni saqlab qolishga yordam bermadi.

 

Erling Holand, “Manchester Siti” – 152,6 million yevro

 

“Man Siti” Holandni sotib olish uchun kam miqdorda pul berdi. Garchi uning transfer narxi, CIES hisob-kitoblariga ko‘ra, bu summadan ikki baravar ko‘proq edi.

 

Pedri. “Barselona” - 135,1 mln yevro

 

2021/2022 yilgi mavsumda “Barselona” safida klubning eng yaxshi futbolchisi maqomiga ega bo‘ldi.

 

Djud Bellingem. “Borussiya Dortmund” – 133,7 mln yevro

 

Holand ketganidan keyin Djud Bellingem Dortmund klubining asosiy o‘yinchisiga aylandi. U 19 yoshga ham to‘lmagan, “Borussiya” bilan shartnomasi esa 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

 

Fil Foden. “Manchester Siti” – 124 million yevro

 

22 yoshli Fodenning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, u ketma-ket ikkinchi mavsumda Premyer-liganing eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga ega bo‘ldi.

 

Frenki de Yong. “Barselona” - 112,5 mln yevro

 

25 yoshli de Yong klub bilan shartnomasini 2026 yilga qadar uzaytirdi. Ammo hozirda “Manchester Yunayted” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Shunday bo‘ladigan taqdirda ingliz jamoasi futbolchi uchun 112 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

 

Luis Diaz. “Liverpul” – 110 million yevro

 

Dias o‘tgan qishda 40 million yevro evaziga “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan edi. Ammo CIES uning transfer narxini 100 million yevrodan ortiqqa baholamoqda.

 

Ruben Dias. “Manchester Siti” – 109,6 million yevro

 

Dias - CIES ro‘yxatidagi eng qimmat himoyachi hisoblanadi. 25 yoshli portugaliyalik futbolchining shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan. Himoyachining transfer narxi 110 million yevro atrofida belgilangan.

 

Ferran Torres. “Barselona” - 109,5 mln yevro

 

Torres qishki transfer oynasida “Barsa” o‘yinchisiga aylandi. Kataloniya klubi uni “Manchester Siti”dan 55 million yevroga sotib oldi. Futbolchi endigina 22 yoshga to‘ldi. Uning shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan.

 

Lautaro Martines. “Inter” – 106,7 mln yevro

 

“Inter”ning 24 yoshli hujumchisi kamida 2026 yilgacha klub sharafini himoya qiladi. CIES maʼlumotlariga ko‘ra, bu A Seriyadagi eng qimmat futbolchi hamdir.

 

Jamal Mutsiala. “Bavariya” – 105,3 mln yevro

 

“Bavariya”ning yosh yarim himoyachisi Mutsiala CIES maʼlumotlariga ko‘ra, ayni damda klubning eng qimmat o‘yinchisi hisoblanadi. Futbolchining klub bilan 4 yillik shartnomasi mavjud.

 

Jeydon Sancho. “Manchester Yunayted” – 103,2 million yevro

 

Sancho bu yil “Borussiya” tarkibidagi o‘yinlardan so‘ng Premyer-ligada birinchi mavsumini o‘tkazdi. Muvaffaqiyatsiz o‘tgan mavsumga qaramay, futbolchining narxi hali ham yuqori baholanmoqda. Futbolchining Manchester klubi bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. U ayni damda 22 yoshda va hali rivojlanish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

 

Meyson Maunt. “Chelsi” – 100,3 mln yevro

 

23 yoshli Mount hozirda London klubining eng foydali o‘yinchilaridan biri bo‘lib, u hozirda transfer qiymatini to‘la oqlamoqda.

 

Bukayo Saka, “Arsenal” – 100,2 million yevro

 

Saka “Arsenal”ning 100 million yevrolik dovonidan o‘tgan yagona futbolchisidir. Hozir futbolchi 20 yoshda, uning klub bilan shartnomasi ikki mavsumdan keyin yakuniga yetadi.

 

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari | Zamon.uz