Markos Alonso yana ispan jamoasida o‘ynamoqchi
“Chelsi” himoyachisi Markos Alonso Ispaniyada o‘ynashni xohlayotganini tan oldi.

“Chelsi” bilan yana bir yil shartnomam bor. Men allaqachon Ispaniyaga qaytishni xohlashimni aytgandim, lekin yakunda bu butunlay menga bog‘liq emasligi maʼlum bo‘ldi. Bir kun kelib Ispaniyada yana o‘ynash istagi paydo bo‘lishi aniq", — dedi Alonso.
Eslatib o‘tamiz, Markos Alonso “Chelsi”da 2016 yildan buyon to‘p suradi. O‘shandan beri himoyachi 212 o‘yinda maydonga tushib, 29 gol urgan va 23 golli uzatmani amalga oshirgan.







