Fransiya prezidenti “PSJ”ni Zidan boshqarishini xohlayapti
U Fransiya chempionatida iqtidorli murabbiy bo‘lishini aytgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Zinedin Zidanning fransuz klubini boshqarishini istashini aytdi.
“Men Zinedin Zidan bilan gaplashmadim, lekin uni meni futbolchi va murabbiy sifatida hayratda qoldirgan. Biz Fransiya chempionatida shunday iqtidorli sportchi va murabbiy bo‘lishini juda xohlaymiz. Men uning qaytib kelishini va fransuz klubiga murabbiylik qilishini istayman. Bu ajoyib bo‘lardi. Mening ishim Fransiyaning buyuk sport va futbol davlati ekanligini, bu sport turini yaxshi ko‘radigan ko‘plab tomoshabinlar borligini aytishdan iborat”, — deya Makronning so‘zlarini “Goal” nashri keltirdi.







