Sport

Jahon futbol yulduzlarining o‘g‘illari

Ular ayni damda eng kuchli top klublarning akademiyalarida tarbiya topmoqda.

Jahon futbol yulduzlarining o‘g‘illari

 

 

Hozirda jahon futbolida o‘ziga xos tarix yaratgan futbolchilarning farzandlari ham turli xil top klublarning akademiyalarida o‘qib, katta futbolga kirib kelmoqda.

 

Ularga misol qilib, Zinedin Zidan, Ronaldinyo va David Bekxem kabi sobiq futbolchilarning farzandlarini keltirishimiz mumkin. Ularning o‘g‘illari hozirda o‘z yoshiga nisbatan juda yaxshi o‘yin namoyish etib kelishmoqda.

 

Joau Mendes braziliyalik futbol “sehrgari” Ronaldinyoning o‘g‘li bo‘lib, u ayni paytda Braziliyaning mahalliy klublaridan birida to‘p tepmoqda. U Fransiyaning “PSJ” klubi akademiyasiga qabul qilinib, shu yerning o‘zida rivojlanishi mumkin edi. Biroq, onasining qarori bilan Parij jamoasiga ko‘chib o‘tmagan.

 

Yaqinda “Real Madrid” klubidagi faoliyatiga yakun yasagan Marseloning o‘g‘li Enso Alves hozirda 12 yoshda. U bugungi kunda “Real”ning bolalar jamoasida o‘ynab kelmoqda. Alves o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab futbol mutaxasislarining eʼtiboriga tushgan. Enso otasidan farqli o‘laroq, himoyada emas, balki hujum markazida o‘ynashni afzal ko‘radi.

 

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Ueyn Runining farzandi Kay Runi ham hozirgi vaqtda Manchester jamoasining akademiyasida to‘p surmoqda. Uning to‘purarlik qobilyati allaqachon yuzaga chiqqan. Dastlabki, golini 12 yoshida urgan Kay hozir ham to‘xtab qolgani yo‘q.

 

Elias Zidan Zinedin Zidanning o‘g‘li. “Real Madrid”ni uch bor Yevropa chempioni qilgan Zidanning uchta o‘g‘li futbolda unchalik muvaffaqiyat qozona olishmadi, biroq to‘rtinchisi - Elias uchun hali imkoniyat bor. U hozirda 16 yoshda bo‘lib, “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Elias hozirda Fransiya U-17 terma jamoasiga chaqiruv olgan.

 

Romero Bekxem Angliyaning afsonaviy futbolchisi Devid Bekxemning farzandi.  U ayni paytda «Inter Mayami» klubining ikkinchi jamoasida o‘ynamoqda. Romero Devid Bekxemning yolg‘iz o‘g‘lidir. “Inter Mayami” klubi ham angliyalik sobiq futbolchiga tegishli hisoblanadi.

 

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li kichik Ronaldu (Junior) birinchi “Posuelo” klubi akademiyasida futbol haqida dastlabki tushunchalarga ega bo‘ldi. Keyinchalik, “Yuventus” akademiyasiga o‘tib, u yerda bir qadar o‘zining qobilyatini namoyish etdi. U ayni paytda “Manchester Yunayted” klubining akademiyasi jamoasida to‘p surib kelmoqda hamda ajoyib o‘yinlari bilan ko‘pchilikning eʼtirofiga sazovor bo‘lmoqda.

 

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon futbol yulduzlarining o‘g‘illari | Zamon.uz