Bahodir Jalolov Jek Mulovayi ustidan g‘alaba qozondi
Jang muddatidan avval yakunlandi.

Nyu-Yorkning Verona shahrida superog‘ir vazn toifasidagi jangchilar Bahodir Jalolov va Jek Mulovayi o‘rtasidagi jang yakunlandi.
Jang Bahodir Jalolov hisobiga hal bo'ldi. Bokschi 8 raundga mo‘ljallangan bahsning so‘nggi raundida raqibini nokautga uchratdi.
Ma'lumot uchun, ushbu jang Bahodir Jalolovning 11-jangi 11-g‘alabasidir.







