Bozor ham, mozor ham yondi...
Samarqandda hafta davomida ketma-ket 6 marotaba yong‘in bo‘ldi.

Bugun, 11-iyun kuni soat 10:20 da Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi savdo shoxobchasida yong‘in chiqdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, do‘kon“Yangi ariq” MFYda joylashgan 1993 yilda to‘g‘ilgan fuqaro R. Sh. ga tegishli bo‘lgan. Hodisa to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Yong‘in joyiga YOQElari soat 10:38 da yetib borib, olov soat 10:50 da qurshab olingan va 11:01 da bartaraf etilgan.
Unga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hamda yordamchi (kamaz) jalb etilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida savdo shoxobchasining taxminan 170 kv.m maydonda shift, tom va jihozlar yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







