Buxoroda gazchilar qo‘rg‘oni portladi
Yong‘inga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Bugun, 11-iyun kuni taxminan soat 04:10 larda Buxoro viloyati Kogon shahar gazchilar qo‘rg‘onida joylashgan “Kogon magistral gaz quvurlari” boshqarmasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
1,5 soat davom etgan yong‘in 3 daqiqa ichida 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnikaning voqea joyiga yetib borishi natijasida soat 5:50 da o‘chirilgan.
Portlash oqibatida 1-sonli gaz haydash uskunasi yonib zararlangan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yog‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







