Sport

“Paxtakor”dagi qonun buzuvchilar aniqlandi

Ularning 10 nafariga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

“Paxtakor”dagi qonun buzuvchilar aniqlandi

 

 

Joriy yilning 11 iyun kuni Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida Osiyo kubogi o‘yinlari doirasida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat “O‘zbekiston” va “Iroq” terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning 12 daqiqasida hakam tomonidan O‘zbekiston terma jamoasining darvozaboniga qizil kartochka ko‘rsatildi. Hamda 11 metrlik jarima to‘pi belgilandi. 

 

Muxlislar esa bu holatga norozi bo‘lib, plastmassa suv idishi va stakan, oyoq ostidagi beton parchalarini stadionga uloqtirgan. Natijada stadionda fotomuxbir bo‘lib xizmat olib borayotgan fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan J.S. qorin bo‘shlig‘idan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlanib, ularning 6 nafari: 1998 yilda tug‘ilgan A.Faxriddin, 1991 yilda tug‘ilgan T.Sarvar, 1984 yilda tug‘ilgan B.To‘xtamurod, 2003 yilda tug‘ilgan J.Bexzod, 2002 yilda tug‘ilgan V.Mexroj, 1998 yilda tug‘ilgan X.Abrorlarga sud tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bundan tashqari 10 nafar fuqaro 10 sutka maʼmuriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan surishtiruv davom etmoqda. Shuningdek, fuqaro J.S. unga narsa otgan shaxsga nisbatan daʼvosi yo‘qligini maʼlum qilib va ariza yozishdan bosh tortgan.

 

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Paxtakor”dagi qonun buzuvchilar aniqlandi | Zamon.uz