Sport

Sadio Mane “Bavariya” bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

Nemis klubi futbolchi uchun 35 million yevro taklif qilgan.

Sadio Mane “Bavariya” bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

 

“Liverpul" hujumchisi Sadio Mane “Bavariya” bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining twitterdagi sahifasida maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, “Bavariya” Mane bilan 3 yillik shartnoma imzolashi mumkin. “Liverpul” bilan muzokaralar yakuniy bosqichga kirmoqda va tez orada “Bavariya” senegallik hujumchining transferi bo‘yicha yangi so‘rov yuboradi.

 

Oldinroq nemis klubi 30 yoshli futbolchi uchun 35 million yevro va 5 million yevro bonuslar taklif qilishi haqida xabar berilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, Mane 2016 yildan beri “Liverpul”da to‘p suradi. U “Sautgempton”dan 41,2 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Manening “Liverpul” bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida tugaydi.

Sadio Mane “Bavariya” bilan og‘zaki kelishuvga erishdi | Zamon.uz