Sport

Bolaligida qo‘shiq kuylagan Holand nega “Siti”ni tanladi?

Futbolchi bu haqda o‘z intervyusida gapirib berdi.

Bolaligida qo‘shiq kuylagan Holand nega “Siti”ni tanladi?

 

 

Jahon futbolida ushbu yozning eng yirik transferi Erling Holandning “Manchester Siti”ga o‘tishi bo‘ldi. Yeropaning bir qator nashrlarida hujumchining birinchi intervyusi paydo bo‘ldi.

 

“Shaharliklar” matbuot xizmati Holand bilan 25 may kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan paytda gaplashgan. Bu intervyu hozircha — Norvegiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng chop etildi. Unda futbolchi aval qo‘shiqchi bo‘lgani haqida maʼlumot bor:

 

“Bizning guruhimiz uch kishidan iborat edik. Yoshligimizda biroz zerikishdan yoki qiziqish tufayli bir qancha qo‘shiqlar chiqarganmiz. Men “Siti”ni qaysidir darajada otam tufayli tanlaganman. Chunki, men Angliyada tug‘ilganman va butun umrim davomida “Siti”ga muxlislik qilganman. Men klub haqida ko‘p narsani bilaman. Bu yerda o‘zimni uydagidek his qilaman va o‘zimni rivojlana olaman deb o‘ylayman. “Shaharliklar” uslubi yoqadi. Aks holda bu yerga kelmasdim. Menga hujumkor futbol va “Siti”ning ijobiy xarakteri yoqadi".

 

Holand hozircha barcha surat va videolarda raqamsiz “Siti” libosida suratga tushdi. “The Athletic” xabariga ko‘ra, hujumchi o‘z formasida to‘qqizinchi raqamga ega bo‘lishni xohlaydi. U hozirda Norvegiya terma jamoasida va avval “Borussiya”da ham shu raqamda o‘ynagan. Gabriyel Jezus ayni damda shu raqamda to‘p suryapti. U yozda Manchesterni tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchiga asosiy daʼvogarlardan biri “Arsenal” bo‘lib, unga shaxsan Mikel Arteta qiziqish bildirmoqda. Gabriyelning shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Agar u klubda qolsa, Holand 15-raqamni egallashi mumkin.

 

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bolaligida qo‘shiq kuylagan Holand nega “Siti”ni tanladi? | Zamon.uz