O‘rinbosarmisan o‘rinbosar
Madridning “Real” klubi 2024 yilda Erling Holandni sotib olmoqchi.

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2024 yilda “Real”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “AS” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Real Madrid" hujumchini 2024 yilda sotib olishni rejalashtirgan. Klub Holandni hujumchi Karim Benzema jamoadan ketganidan keyin uning o‘rniga eng yaxshi o‘rinbosar deb hisoblaydi. Oldinroq Holandni sotib olish 150 million yevro to‘lash orqali faollashtirilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 10-may kuni Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchi bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.







