XOQ rossiyalik sportchilarni musobaqalardan chetlatish tarafdori
"Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rossiyaning harakatlaridan norozi" - Tomas Bax

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi federatsiyalarga rossiyalik sportchilarni musobaqalardan chetlashtirishni tavsiya etishda davom etadi. Bu haqda Xalqaro suzish federatsiyasining Budapeshtdagi kongressida XOQ prezidenti Tomas Bax ma'lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro sport Kreml rahbariyatining Ukrainadagi urush yordamida yangi dunyo tartibini shakllantirishga urinishlaridan xavotirda.
"Jahon sporti qoidalarni birlashtirish va hurmat qilish degani. Ukrainadagi vaziyatga munosabatimiz bizning sanksiyalarimizda aks etadi", - deydi Bax.







