0

Bugun tunda "sayyoralar paradi" kuzatiladi

Bir vaqtning o‘zida 5 ta sayyora ufqda saf tortadi.

Bugun tunda "sayyoralar paradi" kuzatiladi

 

Bugun, 23-iyundan 24-iyunga o‘tar kechasi yer yuzi aholisi “sayyoralar paradi”ni tomosha qilishlari mumkin.

 

Bu yerliklar uchun 18 yil ichida sayyoralar paradini kuzatish imkoniyatidir.

 

 Bir vaqtning o‘zida beshta sayyora - Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn ufqda saf tortadi.

 

Keyingi bunday parad faqat 2040-yilda kutilmoqda.

 

Maʼlumot o‘rnida, sayyoralar paradi bu noyob astronomik hodisalardan biri bo‘lib, bunda 2 va undan ortiq sayyoralar bir to‘g‘ri chiziqda yoki bir-biriga yaqin burchak masofada joylashadi. Sayyoralar paradi ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh kichik sayyoralar paradi deb ataladi va unda 5 tagacha sayyoralar qatnashadi. Kichik sayyoralar paradi bir yilda bir marta sodir bo‘lishi mumkin. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"