Jahon

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining uchinchi aviatashuvchi kemasi USS Theodore Roosevelt Yaqin Sharqqa yetib keldi. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi AQSh rasmiylariga tayanib xabar berdi.

 

Maxfiy harbiy amaliyotlar haqida ma’lumot berish vakolatiga ega bo‘lmagani sababli ismini oshkor qilmagan AQSh rasmiysi kemaning mintaqaga kelganini tasdiqlagan.

 

USS Theodore Roosevelt sentabr oyida unga hamrohlik qiluvchi zarba guruhi bilan San-Diegodan yo‘lga chiqqan edi. Kema Yaqin Sharqda joylashgan USS George H.W. Bush va USS George Washington aviatashuvchi kemalariga qo‘shildi. Uning kelishi mintaqaga minglab qo‘shimcha harbiy xizmatchilarni olib keldi.

 

AP ma’lumotiga ko‘ra, USS George H.W. Bush aprel oyida, USS George Washington esa avgust oyida mintaqaga yetib kelgan. AQSh Harbiy-dengiz kuchlari bundan avval 2003-yildan beri ilk bor aprel oyida Yaqin Sharqda bir vaqtning o‘zida uchta aviatashuvchi zarba guruhini joylashtirgan edi.

 

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Arabiston dengizida uchta aviatashuvchi kema, 13 ta esmines, ikkita kreyser va bitta qirg‘oqbo‘yi jangovar kemasi mavjud. Ushbu flot Eron kemalariga nisbatan dengiz blokadasini ta’minlashda ishtirok etmoqda.

 

AQSh harbiy kuchlarining mintaqada to‘planishi prezident Donald Tramp Eron bilan urushdagi keyingi qadamlarni ko‘rib chiqayotgan bir paytda yuz bermoqda. U avvalroq Eronga keng ko‘lamli qo‘shimcha zarbalar berish bilan tahdid qilgan, shu bilan birga sakkiz oydan ortiq davom etayotgan urush «harbiy jihatdan amalda yakunlanganini» bildirgan.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.