“Real” prezidentidan kutilmagan qaror
U Holand va Mbappe transferiga hali ham ishonmoqda.

Shu kunlarda Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoaga yangi superyulduz kerakligi haqida maʼlum qildi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, klub yaqinda “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan Erling Holandni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
“Shaharliklar” bir oy oldin norvegiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. “Real Madrid” uzoq vaqtdan beri Holandga qiziqish bildirib kelmoqda.
Bir necha yil oldin ispan OAVlari Erling va Kilian Mbappening Madrid klubining hujumida o‘ynashi haqida yozgan edi.
Norvegiyalik futbolchi dastlab “Red Bull Salzburg” klubida barchani hayratda qoldirdi. Hamda shu tariqa Dortmund jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Shu tariqa u yerda ko‘plab gollarga muallifik qildi. Baʼzi paytlarda hatto Holandning kelajakda “Real Madrid”ga o‘tishi masalasi hal qilindi. Madridga bir-ikki yil kutish va futbolchi uchun 75 million yevro to‘lashini aytdi.
Yaqinda Ispaniyaning yirik nashri “AS” xabariga ko‘ra, Holandning “Siti”ga o‘tishi “Real”ni umuman bu maqsadidan qaytarmagan. Madridning rejalari o‘zgarmadi. Klub Erlingni 2024 yilda sotib olmoqchi. “Real Madrid” rahbarlarining fikriga ko‘ra, Holand Karim Benzemaning o‘rnini egallaydi. Hozirda fransuz futbolchisi “Oltin to‘p” uchun kurashmoqda. U ikki yildan keyin 36 yoshga to‘ladi. Bu degani hujumchining o‘yinida pasayish kuzatilishi turgan gap.
Aytgancha, Florentino Peres allaqachon Holandning “Siti”ga o‘tishi haqida fikr bildirgan:
“Ayni damda jamoamizda dunyoning eng yaxshi hujumchisi bor. Biroq biz bir necha yilda Holand transferi borasida ishlab olib borib, futbolchini jamoaga qo‘shib olishni maqsad qilganmiz”, — dedi Peres.
“Siti” dunyoning eng boy klublaridan biri hisoblanadi. Agar Holand Manchesterda qoladigan bo‘lsa, hech qanday katta pul evaziga u qo‘yib yuborilmasligi mumkin.
“Real Madrid” prezidenti galaktiko uslubidagi tarkibni yig‘ish ishtiyoqi borligini ham maʼlum qilgan. Biroq prezidentning bu qarori hozircha amalga oshishi so‘roq ostida bo‘lib qolmoqda. Sababi Mbappe “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirgan bo‘lsa, Holand inglizlar tarkibiga borib qo‘shildi. Uning ham jamoani tark etishi bo‘yicha hech qanday maʼlumotlar yo‘q.







