“Chelsi” himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi
Klub uchun bitta variant bor.

Londonliklar Turinning “Yuventus” klubi markaziy himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olmoqchi.
Xabarga ko‘ra, ingliz klubi hujumchi Timo Verner va De Ligtning transferi doirasida 45 million yevro taklif qilishga tayyor. Manbaning taʼkidlashicha, “Chelsi” Antonio Ryudiger va Andreas Kristensenning jamoani tark etishi munosabati bilan markaziy himoya zonasini kuchaytirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, De Ligt “Yuventus”ga 2019 yilda Amsterdamning “Ayaks” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U Turin jamoasi safida 87 ta o‘yin o‘tkazgan va bir marta Italiya chempioni bo‘lgan. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, uning hozirgi narxi 70 mln yevro.







