Sport

Neymar Parijdan ketmaydi

U “PSJ”da o‘ynashda davom etadi.

Neymar Parijdan ketmaydi

 

 

1 iyul kuni Neymarning “PSJ” bilan shartnomasi 2027 yilgacha uzaytirilishi maʼlum bo‘ldi. Braziliyalik hujumchi Parijni tark etmoqchi emas, garchi klub rahbariyati undan qutulishni rejalashtirgan bo‘lsada futbolchi ketmoqchi emas.

 

Qatar rasmiylari va “PSJ”ning yangi futbol maslahatchisi Luis Kampos braziliyalik futbolchini jamoaning bir qismi sifatida ko‘rmayapti. 30 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda parijliklar safida barcha musobaqalarda 28 o‘yinda 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yiliga 30 million yevro oladigan futbolchi uchun bu juda ham past ko‘rsatgich. “PSJ” Neymarni hujumda kerak bo‘ladigan asosiy o‘yinchilardan deb bilmaydi. Chunki jamoada undan kam bo‘lmagan taniqli va qimmat hujumchilar: Kilian 

Mbappe va Lionel Messi bor. To‘g‘ri Messi mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunladi, lekin baribir Leo Parijda bor-yo‘g‘i bir yil o‘tkazdi va uning obro‘si braziliyalik bilan solishtirib bo‘lmas darajada yuqori.

 

Neymarni tanqid qilish uchun boshqa sabablar ham bor. Forvard muntazam ravishda jarohat oladi va o‘zining bemaʼni turmush tarsi va janjal muhiti (shu jumladan yaqin oila aʼzolari) bilan klub imidjiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bularning barchasi “PSJ” prezidenti Nosir 

Al-Xelayfining keskin norozichiligiga sabab bo‘lmoqda.

 

Klub Neymarni sotishga urinib ko‘rdi, ammo natija bo‘lmadi. Braziliyalik futbolchi bir necha bor “Barselona”ga 50 million yevro evaziga savdolashish imkoniyati bilan taklif qilingan. Kataloniyaliklar bu variantni ko‘rib chiqmagan, chunki ular bor eʼtiborini “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining transferiga qaratgan.

 

Futbolchiga “Yuventus” variant ham taklif etib ko‘rilgan, biroq italiyaliklar futbolchiga qiziqish bildirmagan. Neymar ham Italiyaga ko‘chib o‘tmoqchi emas. Shuning uchun katta maoshga ega muammoli o‘yinchi uchun o‘n millionlab oylik to‘lash katta ahmoqlik bo‘ladi. Neymarning kamchiliklari hammaga maʼlum. Barcha potensial xaridorlarni qo‘rqitish uchun juda ko‘p sabablar mavjud.

 

Neymarning o‘ziga bo‘lgan hurmati yuqori, lekin u o‘zining hozirgi bozor narxini yaxshi biladi. Futbolchi eng yaxshi variant Parijda qolib, yuqori maosh olish ekanligini tushunadi. 1 iyul kuni braziliyalikning moliyaviy kafolatlari yana besh yilga taʼminlanadi.

Braziliyalik futbolchining yaqinlari rahbariyatga futbolchining jamoani tark etish niyati yo‘qligini maʼlum qilishgan. Qolaversa, hujumchi atrofidagilar Neymar “PSJ”ning rejalariga kiritilganmi , degan savolga javob berishdan qochgan Nosir Al-Xelayfiyning so‘nggi so‘zlaridan norozilik bildirishdi.

 

“Neymarning orzusi bor – “PSJ” bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish. Mumkin bo‘lgan ketish haqidagi mish-mishlarga qaramay, u juda g‘ayratli va buni amalga oshirmaguncha to‘xtamaydi”, — deb aytgan Neymarning “Santos”dan “Barselona”ga o‘tishi ustida ishlagan agenti.

 

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.