Parijliklardan o‘zgacha yondashuv
“PSJ” 2022/2023 yilgi mavsum uchun yangi uy libosini taqdim etdi.

“PSJ” jamoasi 2022/2023 yilgi mavsum davomida kiyadigan yangi uy libosini namoyish qildi. Yangi mavsumda jamoa anʼanaviy ranglardan voz kechmadi. Libos shaklining o‘rtasida keng oq chiziq chizilgan va klubning emblemasi bor. Yonlarda tor qizil chiziqlar mavjud. Formaning qolgan qismi to‘q ko‘k rangda. Bundan tashqari, endi “PSJ” futbolkalarida “Qatar Airways” logotipi aks etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021/2022 yilgi mavsumda “PSJ” Fransiya chempioniga aylandi. Biroq jamoa Chempionlar ligasida uzoqqa bora olmadi. Shu bois, bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning ketishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.







