Vidal Argentina klubiga o‘tishi mumkin
"Boka Xuniors" futbolchiga shartnoma taklif qildi.

“Inter” klubi va Chili terma jamoasi futbolchisi Arturo Vidal “Boka Xuniors”ga o‘tishi mumkin. Italiyalik jurnalist Nikolo Shiraning xabar berishicha, Buenos-Ayres klubi yarim himoyachiga bir yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Vidalning “Inter” bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Qayd etilishicha, futbolchi shu yozda Milan klubini tark etadi.
Avvalroq, Vidalga Braziliyaning “Flamengo” va Qatarning “Ar-Rayyan” klublaridan ham qiziqish borligi haqida xabar berilgandi.
Esllatib o‘tamiz, 2021/2022 yilgi mavsumda yarim himoyachi “Inter” safida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi, shuningdek, “neradzurri” bilan birga Italiya Kubogida g‘olib bo‘ldi.







