Xabib Nurmagomedov rasman UFC afsonasiga aylandi
Sobiq jangchi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan marosimda qatnashdi.

Xabib Nurmagomedov nomi rasman UFC‘ning shon-sharaf zaliga kiritildi. Bu haqda “RT” xabar berdi.
Ushbu marosim Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan. Unda sportchining shaxsan o‘zi ham ishtirok etgan. UFC matbuot xizmati jangchining nomi shon-sharaf zaliga kiritilishini mart oyida eʼlon qilgan. Xabib bu uning uchun katta syurpriz bo‘lganini aytgandi.
Maʼlumot o‘rnida: Nurmagomedov faoliyatini 2020 yil oktyabrida tugatgan. U umumiy hisobda 29 jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alabaga erishgan.
Avvalroq Gilbert Berns UFS bilan yangi shartnoma imzolagandi.







