Neymar Parijda yana besh yil qoladi
Futbolchining “PSJ” bilan shartnomasi 2027 yilgacha uzaytirildi.

Braziliyalik hujumchi Neymarning va “PSJ” bilan shartnomasi avtomatik tarzda uzaytirildi. Bu haqda “Marca L'Equipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, uning shartnomasi avtomatik ravishda 2027 yilgacha uzaytirilgan. Futbolchining klub bilan sobiq shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan edi.
Oldinroq Neymar jamoada o‘zini yaxshi his qilmayotgani va klubini o‘zgartirishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, jamoaning o‘zi ham futbolchining ketishiga qarshi emasligi, chunki ular ish haqini to‘lashdan manfaatdor ekanligi taʼkidlangandi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yildan beri “PSJ”da to‘p suradi. U o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







