Pochettinoning o‘rnini Galtye egalladi
Kristof Galtye “PSJ”ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

55 yoshli fransuz avvalroq “Nitsa” klubini tark etgan edi. Parijda esa u Maurisio Pochettino o‘rnini egalladi.
Oldinroq Galtye parijliklar bilan 2+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Hozirda murabbiy Parijda matbuot anjumani o‘tkazmoqda, klub hali kelishuv tafsilotlarini eʼlon qilmagan.
Parijliklar murabbiy uchun “Nitsa”ga 10 million yevrodan kam to‘lashi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Galtye avvalroq “Lill” (2020/21 Fransiya chempionati g‘olibi) va “Sent-Eten” (2012/13 yilgi Fransiya liga kubogida g‘olib chiqqan) klublarini boshqargan.







