Sport

Ronaldu manchesterliklar safini tark etmoqchi

Futbolchining oldida bir nechta variant turibdi.

Ronaldu manchesterliklar safini tark etmoqchi

 

“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu manchesterliklar safini tark etishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Mazkur masalada Ronalduning kelajagi borasidagi fikrlar qizg‘in davom etmoqda. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra hujumchi haqiqatdan ham jamoani tark etishni istamoqda. Bu haqida bir qator nashrlar yangiliklar eʼlon qilgan. Xususan, “The Times” va insayder Devid Ornshteyn bu borada bir qancha tasdiqlangan xabarlarni maʼlum qilgan. Avvalroq, Ronaldu klubning transferlar oynasida sust ekanligidan norozi bo‘lib, jamoadan ketmoqchi ekanini aytgan edi.

 

Manchesterni tark etishiga asosiy sabab Krish Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlamoqda. “Manchester Yunayted” esa keyingi mavsumda ushbu musobaqada ishtirok etmaydi.

 

Kecha klub mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan, biroq Ronaldu ushbu yig‘inda qatnashmagan. Bunga futbolchining oilaviy sharoiti sabab qilib keltirilgan.

 

“Manchester Yunayted” futbolchilari 8 iyul kuni Avstraliya va Tailandga mavsumoldi tayyorgarliklarni olib borish uchun jo‘nab ketishadi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Ronalduning u yerga borishiga hozircha ishonchi komil emas. Agar biror muammo yoki nimadir yoqmasa futbolchi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradi.

 

2020-yil koronavirus avj olgan paytda, Krishtianu Portugaliyaga, insultga chalingan onasining oldiga uchib ketadi. O‘sha vaqtlarda u “Yuventus” futbolchisi edi. Onasining holidan xabar olgan Ronaldu darrov klub bazasiga qaytmaydi. O‘shanda turinliklar Yevropa chempionlar ligasi o‘yiniga kuchli tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, ammo Ronaldu Portugaliyada qoladi. Keyin “Yuventus” rahbariyati hujumchi koronavirusga chalingani haqida yozishdi. Shundan bir necha kun o‘tib, Krish “Yuve”ni tark etmoqchi ekani va ikkita taklif olgani haqida maʼlumot paydo bo‘ldi. Biroq, portugaliyalik yulduz Italiya klubi safida yana bir mavsumni o‘tkazdi.

 

2021-yilda “Manchester Siti” Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qildi. Ammo ana shunday nozik vaziyatda “Qizil iblislar” futbolchi bilan muzokara olib borib, uni o‘z saflariga qo‘shib olishdi. Krishga qiziqayotgan jamoalar orasida eng yaxshi variant sifatida “Chelsi” klubi keltirilmoqda. Ammo “Yunayted” o‘z hujumchisini raqobatchi jamoalarga sotishni xohlamayapti. Hozirda bir nechta xabarlarga ko‘ra, hujumchiga “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo va “Sporting” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Krishtianu faoliyatini aynan “Sporting” jamoasida boshlagan edi.

 

“ESPN” nashri bergan xabarga ko‘ra, agar yangi klub futbolchining 30 million yevrolik shartnomasini ko‘rsatilgan talablarni bajara olsa, “Manchester” Krishtianuni sotishga tayyor.

 

Nufuzli “The Atletic” nashri “Napoli”ning ham hujumchiga qiziqayotgani haqida yozgan. Biroq bu maʼlumot neapolliklar rahbariyati tomonidan rad etilgan.

 

Xuddi shu nashrning xabar berishicha, London klubi “Manchester Yunayted” portugaliyalikni raqiblariga sotishni istamaganiga qaramay, Ronalduni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, iyun oyida “Chelsi”ning yangi egasi Todd Bouli hujumchining agenti Xorxe Mendes bilan uchrashgan. Uchrashuvda Bouli Krishtianuning potensial transferi borasida muhokama o‘tkazgan.

 

Ammo Ronalduning kelajagi haqida eng kutilmagan xabar Ispaniyadan keldi. “AS” nashrining taʼkidlashicha, Mendes nafaqat Bouli, balki “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan ham uchrashgan. Uchrashuvda Krishtianuning Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi aytilgan. Eslatib o‘tamiz, gap “Real Madrid” afsonasi haqida ketmoqda. Ishonish qiyin, garchi futbol imkonsiz narsaning iloji borligini allaqachon isbotlab kelgan. Hozirgi vaziyatda “Chelsi” va “Barsa” bilan bo‘lgan variantlar Ronaldu uchun birinchi o‘rinda turibdi. Bundan tashqari, 37 yoshli Krishtianuning moliyaviy talablari yangi klub izlashni ancha qiyinlashtirmoqda.

 

Portugaliyalik yulduzning “Manchester Yunayted”da qolish yoki qolmasligi hozircha so‘roq ostida. Futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga qaytganidan so‘ng “Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan gaplashadi. Ehtimol, shundan keyin ko‘p narsa aniq bo‘lishi mumkin.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ronaldu manchesterliklar safini tark etmoqchi | Zamon.uz