Sport

Di Mariya Turinga yetib keldi

Futbolchi “Yuve” bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Di Mariya Turinga yetib keldi

 

 

Argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya “Yuventus” bilan shartnoma imzolash uchun Turinga yetib keldi. Klub OAVlari futbolchini aeroportda kutib olishgan, shundan so‘ng turinliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida foto va videolar chop etilgan.

 

Avvalroq, Di Mariyaga bir yillik shartnoma taklif qilingani xabar qilingandi. Anxel 1 iyuldan beri Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi bilan shartnoma muddati tugaganidan keyin erkin agentga aylangandi. Argentinalik futbolchining “Yuventus” safida paydo bo‘lishiga turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri tashabbus ko‘rsatgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Di Mariya “PSJ” safida 295 ta o‘yinda maydonga tushib, 93 ta gol urdi va 119 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Klub bilan u besh marta Fransiya chempioni bo‘ldi. Anxel avvalroq “Rosario Sentral”, “Benfika”, “Real Madrid” va “Manchester Yunayted” klublarida to‘p surgan.

 

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Di Mariya Turinga yetib keldi | Zamon.uz