Pepe Reyna “Vilyareal” bilan shartnoma imzoladi
Futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolangan.

39 yoshli darvozabon Pepe Reyna Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Futbolchi klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Darvozabon allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. “Vilyarreal” futbolchini 11 iyul kuni ommaga tanishtiradi.
Eslatib o‘tamiz, Reyna professional faoliyati davomida 874 ta o‘yin o‘tkazgan. Angliyaning “Liverpul” va “Aston Villa”, Germaniyaning “Bavariya”, Italiyaning “Milan”, “Napoli”, “Latsio” kabi klublarda o‘ynagan.







