“PSJ” 8 nafar futbolchini transferga qo‘ydi
Ular orasida Neymar ham bor.

“Marca” nashrining xabariga ko‘ra, Parij klubi sakkiz nafar futbolchini transferga qo‘ydi. Ular orasida braziliyalik Neymar ham bor.
Leandro Paredesning narxi Senegallik markaziy himoyachi Abdu Diallo singari "Manchester Yunayted"ning qiziqishini to‘xtatdi. Jorginyo Veynaldum va argentinalik Mauro Ikardining maoshi talabi juda yuqori. Leyvin Kurzava, Neymar, Yulian Draksler va Ander Errera ham endi yangi bosh murabbiy Kristof Galtiyerga kerak emas.
Avvalroq, 29 yoshli Ikardi “PSJ”ning keyingi mavsumdagi rejalariga kiritilmagani va yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkinligi, biroq avvalroq transfer taklifi bilan chiqqan “Vulverhempton”da faoliyatini davom ettirishni istamasligi haqida xabar berilgandi.







