Sport

Ronaldu bilan Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin

Parijliklar allaqachon portugaliyalik futbolchining agenti bilan muzokaraga kirishgan.

Ronaldu bilan Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin

 

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning “PSJ”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabar futbol olamini hayratda qoldirdi. Portugaliyalik taniqli insayder Pedro Almeydaning so‘zlariga ko‘ra, “PSJ” futbol maslahatchisi Luis Kampos allaqachon hujumchining agenti Xorxe Mendes bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralar olib bormoqda.

 

Agar u amalga oshsa, butun dunyo bo‘ylab millionlab futbol ishqibozlarining orzusi ushaladi. Natijada portugaliyalik futbolchi va Lionel Messi bitta jamoada o‘ynaydi. Ko‘rinishidan, parijliklar egasi Nosir Al-Xelayfi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun hech narsadan qaytmaydi.

 

“Manchester Yunayted”ni tark etish - vaqt masalasi. Krishtianu Ronalduning klub yig‘inida yo‘qligi haqidagi birinchi xabar jiddiy qabul qilinmadi, ammo klub Tailanddagi mavsumoldi tayyorgarlik uchun tarkibni eʼlon qilgach, bu aniq bo‘ldi. Xorijiy OAV jurnalistlari allaqachon Krishni “Chelsi”, “Barselona” va “Roma”ga o‘tishi haqida maʼlumotlar taqdim etgan. Endi “PSJ” varianti Ronaldu va klub uchun ideal ko‘rinmoqda.

 

Krish Serxio Ramos bilan yana birga o‘ynashi mumkin. Hujumchi bilan birgalikdagi o‘yinlar soni bo‘yicha ispaniyalik ikkinchi o‘rinda - 339.  O‘tgan mavsum Ramos uchun og‘ir kechdi. Ammo ispaniyalik himoyachi “PSJ” bazasida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

 

Ronaldu va Messining bir jamoada o‘ynash ehtimoli ortib bormoqda. So‘nggi yillarda ular birgalikda to‘p surishi aytilgan bo‘lsada, biroq bu amalga oshmagan edi.  Hujumchilar shu vaqtga qadar 12 ta “Oltin to‘p”ga ega chiqishdi. Agar “PSJ” rahbarlari bu ikki futbolchini bir jamoada birlashtirolsa futbol ishqibozlari uchun katta sovg‘ani tayyorlashgan bo‘lar edi.

 

“PSJ” ayni damda Neymardan qutulmoqchi, Ronaldu esa uning o‘rnini egallashi mumkin. Krish Angliyada ajoyib gollar urgan bo‘lsa, Fransiyada undan ham ko‘proq gol urishi turgan gap.

 

Mobodo Ronaldu parijliklar safiga qo‘shiladigan bo‘lsa, yaxshi shartnoma, Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashish imkoniyati, yana bir chempionlik va ajoyib statistikaga ega bo‘ladi.

 

Albatta, “Manchester Yunayted” va Ronalduning o‘zi ehtimoliy ketish bilan bog‘liq vaziyat haqida qanchalik uzoq sukut saqlasa, portugaliyalik futbolchining atrofida shunchalik ko‘p mish-mishlarning tarqalishiga olib keladi.

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ronaldu bilan Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin | Zamon.uz