Sport

Yevro-2020 qahramoni Parijda o‘z o‘rnini topolmayapti

Donnarumma “PSJ”dagi raqobatda Navasga yengildimi?

Yevro-2020 qahramoni Parijda o‘z o‘rnini topolmayapti

 

Bir yil avval Janluiji Donnarumma Yevro-2020 finali qahramoniga aylangandi. Angliyaga qarshi bah olib borgan Italiya terma jamoasi ikkinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yuborgandi. Ammo ikki soatdan keyin Donnarumma aql bovar qilmaydigan ishni amalga oshirdi. U penaltilar seriyasida ikkita penaltini qaytarib, o‘z mamlakatiga Yevropa chempioni unvonini olib keldi. Bu seriya italiyalik darvozabon uchun mazkur turnirning cho‘qqisi bo‘ldi. Hatto guruh bosqichida ham Donnarumma uchta “quruq” o‘yin o‘tkazdi – Turkiya (3:0), Shveysariya (3:0) va Uels (1:0). Italiyada dunyoning eng yaxshi darvozaboni bor. Donnarumma shu tariqa xalqining umidiga aylandi.

 

Yevro-2020 o‘yinida italiyalik futbolchining darvozasiga Sasha Kalajjich (Avstriya), Romelu Lukaku (Belgiya), Alvaro Morata (ispaniya) va Lyuk Shou (Angliya) to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Yevropa chempionati davomida Italiya jamoasi “quruq” seriya qayd etib, jahon rekordini yangiladi (ketma-ket 1144 daqiqadan ko‘proq vaqt gol o‘tkazib yubormadi). Donnarumma Italiya terma jamoasi tarixida xalqaro turnirlardagi eng yosh darvozabonga aylandi. Italiyalik futbolchi asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

 

Donnarumma, shubhasiz, Yevro-2020 qahramoniga aylandi. U turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi. Yevropa chempionatida eng ko‘p daqiqani maydonda o‘tkazdi va ramziy terma jamoa safidan joy oldi.

 

“PSJ”da Donnarummaga nima bo‘ldi?

 

O‘tgan yili yozda Donnarumma “PSJ” bilan besh yillik shartnoma imzoladi, ammo Yevro-2020ni ajoyib o‘tkazganiga qaramay , u Keylor Navasdan ustun kela olmadi. Butun mavsum davomida italiyalik futbolchi “Real Madrid”ning sobiq darvozaboniga qaraganda kamroq o‘yin o‘tkazdi. Navas Liga 1da Donnarummadan yaxshiroq o‘ynadi, har bir o‘yinda kamroq gol o‘tkazib yubordi. Janluijiga kelsak, u Chempionlar ligasining so‘nggi mavsumida “Real”ga qarshi javob o‘yinida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

 

Ajablanarlisi shundaki, Donnarumma 38 ta o‘yindan atigi 17tasini o‘tkazganiga qaramay Liga 1da mavsumining eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi. Ammo Janluiji Fransiyada o‘z o‘yinini topa olmadi (u barcha o‘yinlarda o‘ynashni xohlardi). Mahalliy jurnalistlar darvozabon “Milan” qaytishni xohlayotgani haqida yozmoqda.

 

Darvozabon OAV vakillari bilan bo‘lgan bir uchrashuvda shunday degan edi: “PSJ” vakillari men bilan bog‘lanib, meni o‘z jamoalarida ko‘rishni xohlayotganliklarini aytishdi. Raqobat meni qo‘rqitmaydi. Keylor Navas aql bovar qilmaydigan darvozabon, lekin men bu yerga futbol o‘ynash uchun keldim. Raqobat ikkalamiz uchun ham foydali. Bu menga o‘sish imkonini beradi. Katta klublarda doim raqobat bo‘ladi. Navas zo‘r yigit, biz do‘stmiz. Men dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biriga aylanishni xohlayman. Bu maʼlum yo‘qotishlarni talab qiladi”.

 

Futbolchining taqdiri nima bo‘lishi nomaʼlum. Donnarumma juda achinarli holatda. U mamlakat qahramoni va Yevropaning eng yaxshi futbolchisidan “PSJ”da azob chekayotgan darvozabonga aylandi. Keyingi mavsumda katta ehtimol bilan vaziyat o‘zgarmaydi. Navasning 2 yillik shartnomasi qoldi va “PSJ” uni sotmoqchi emas. Demak, klubning ikkala yulduz posboni o‘rtasidagi raqobat davom etadi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.