O'zbekiston

Yoshlar bugungi to‘ylar haqida qanday fikrda?

Zamon.uz ularning bu boradagi mulohazalarini o‘rgandi.

Yoshlar bugungi to‘ylar haqida qanday fikrda?


 

Hammaning topgani to‘ylarga buyursin. Bu faqat yaxshi niyat va duoning o‘zigina emas, balki amalda ham har kim topganini to‘yga sarflashga harakat qiladi. Shuning uchun to‘y jamiyatimiz madaniyatining ajralmas qismiga aylangan.


Toparmon odamlarga to‘y qilish qiyin emas. Ilgariday o‘choq-qozon, idish-tovoq axtarib yurmaydi. Qop orqalab, bozor-o‘char qilmaydi. Dasturxonga qo‘yiladigan meva-chevagacha to‘yxonada bor. (To‘yga aytishda ham muammo yo‘q. Qarindosh-urug‘, yoru-do‘stlar, mahalladoshlar gruppasiga bitta e’lon qo‘yiladi, qarabsizki, hamma to‘y kunidan xabardor).


To‘y-bir umr yig‘ganingni bir kunda sochadigan kunmi? Bugungi kun yoshlariga hozirgi to‘ylarning qaysi jihatlari ma’qul? Ular to‘ylarni qanday o‘tkazish tarafdori? Oila qurish ostonasida turgan bo‘lajak kelin va kuyov to‘yini xohlaydi? Zamon.uz bu borada ularning fikrlari bilan qiziqdi.


Gulzira Sadatdinova, (18 yosh):


Menga hozirgi to‘ylardagi kortej-mashinalar qator bo‘lib shaharni aylanib chiqishi unchalik yoqmaydi. Tashqaridan qarasangiz, zo‘r bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin ko‘pincha kelinchak charchab faqat majburiy yuradi. Bu narsa faqat fotosessiya uchun. Kortej vaqtida baxtli bo‘lib, yuradi deb o‘ylamayman. Shu kortejni boshqacharoq qilib o‘zgartirish kerak, menimcha. Masalan, to‘ydan oldin yoki to‘ydan keyin dugonalari bilan aylanib yuradigan qilib… Yaxshilab o‘ylab qarasangiz, rostdan ham kunning qoq yarimi — tush vaqtida bo‘ladi. Faqat rasmga tushish uchun yolg‘ondan kaptarlarni uchirib, hujjatbozlik uchunmi qilinadi-da bizlarda. Shuni boshqacha qilib o‘zgartirishni xohlayman.


Menga 30 kishilik, to‘yni kichkina qilib o‘tkazish yoqmaydi. Chunki yoshi katta tanishlarimning o‘zi 30 nafardan ziyod. Lekin ba’zi paytlar chet eldagi to‘ylarga havas qilaman.

 

Umuman olganda, menga to‘yni ko‘pchilik bilan o‘tkazish yoqadi. Gap bizning mentalitetga ham kelib taqaladi. Ya’ni, to‘yimda odam ko‘payib ketayotgani uchun seni chaqirolmayman, deb aytolmaymiz-ku.


Misol uchun, karantindagi to‘ylarda 30 kishidan ortiq odam bo‘lmasin, aks holda javobgarlikka tortiladi degan qoidalar ham bo‘ldi. Lekin aksariyat odamlar bunga rioya qilishmadi. Balki, tashqaridan qaraganda to‘ylar 30 odamlik bo‘lib ko‘ringandir. Biroq, undan ko‘p odamlar bilan o‘tdi.


To‘ylarda spirtli ichimliklar qo‘yilishiga ham qarshiman. Ayollar olib ketib yuradigan “sarson sarpolar”ni yoqtirmayman. Olib kelgan narsasini qaytarib, yana almashtirib, olib ketadi. 2 metr material ortidan qancha g‘iybatlar kelib chiqadi. Ig‘vo-yu janjallar ko‘payadi.


To‘y inson hayotida bir marta bo‘ladi, degani bu odamlarga taqlid qilib, falonchidan qolib ketmay degan o‘y bilan ortiqcha xarajat qilish kerak, degani emas. O‘zingizga qulay bo‘lgan tarafni o‘ylab ko‘rib, o‘tkazish kerak.


Muhabbat Asembayeva (22 yosh):


Men dabdabali to‘ylarga uncha qiziqmayman. Kelajakda turmushga chiqadigan bo‘lsam ikkala taraf kelishib, to‘yni o‘rtacha qilib o‘tkazib berishini xohlayman. Qarz olib, dabdabali to‘y qilgandan ko‘ra, qarzsiz oddiyroq to‘y qilgan yaxshi. To‘yning qarzini uzaman deya, chamadonini orqalab chet elma-chet el sarson yurganlar qancha?


Hozir ba’zilar to‘yini kam xarajat o‘tkazib, chet elga sayohat qilishni ma’qul ko‘ryapti. Mayli, ular o‘sha davlatda bir hafta dam olar, o‘n kun dam olar. Ammo buni o‘rniga yosh oila o‘zlari uchun zarur bo‘lgan kam-kemtiklarini to‘ldirsa bo‘ladi (masalan yangi uyga boshlang‘ich to‘lov). Fikrimcha, chet elga sayohat qilish qochmaydi.  Uy, mashina olib bo‘lgandan keyin oilaviy sayohat qilsa ham yarashaveradi.


Menga o‘zimizning milliy ruhda o‘tadigan qoraqalpoq to‘ylari yoqadi. Hozirda bunday to‘ylar kam bo‘lsa ham, muhimi bor. Milliy naqshlar tushirilgan qora uylarda qoraqalpoq milliy kiyimlarini kiygan kelinchaklar chiroyli ko‘rinadi.


Alisher Bozorboyev (22 yosh):


Hammada oshna-og‘ayni, orzu-havas bor. To‘yimni unday qilsam, bunday qilsam deydi. Menimcha, to‘yda tejash shart emas. Bu bir umr tarixga muhrlanadigan quvonchli kun. Shu sababli, uni ko‘ngildagidek o‘tkazgan yaxshi, menimcha. Qolgani sekin bo‘laveradi. Pul topiladigan narsa.


Go‘zal Jumamurotova (19 yosh):

 

Men chet el to‘ylarini yoqtiraman. Yevropa davlatlaridagi ixcham, faqat yaqin insonlari atrofida bog‘larda o‘tadigan, dasturxoni yengil — ichimlik va shirinliklardan iborat bo‘lgan to‘ylarga havas qilaman.


To‘g‘ri, to‘y hayotingizda bir marotaba bo‘ladi. Shuning uchun ham to‘y ko‘ngildagidek o‘tishi kerak. Lekin isrofgarchiliklarsiz.
Menimcha, to‘yga hech kim ikki-uch xil ovqat yeyish uchun bormaydi. Erkagu-ayolga tarqatiladigan matolar ham ortiqcha. Bularni yo‘qotish kerak. Kortej degan narsaga ham qarshiman. Ortiqcha ovoragarchilik.

 

Muallif: Gulbonu Abatbayeva

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"