Toshkent Afg‘oniston bo‘yicha yana bir muhim uchrashuvga mezbonlik qiladi
Pokiston maxsus vakili bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.
Pokistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Sodiq ushbu uchrashuv haqida maʼlumot bergan. Bundan oldingi 3 raund muzokaralar 2021 yil 8 sentyabrda Islomobodda, 27oktyabrda Tehronda va 2022 yil 31 mart kuni Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgandi.
Yaqinda Toshkentda o‘tkazilgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va barqaror taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi doirasida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va Rossiya maxsus vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilgandi.
Avvalroq BMT bosh kotibi Afg‘onistondagi barqarorlikda qo‘shni davlatlar muhim o‘rin tutishini aytgandi.







